14 dek 20:31
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Abdullaev Temurxon Sobirovni mag'lub etib, - 86 kg vaznda O'zbekiston chempioniga aylandi!
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport arenasida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston birinchiligining final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, musobaqaning so'nggi, oltinchi kuni doirasida Respublika Olimpiya va Paralimpiya zahiralari kolleji talabasi SHohjahon Abdullaev - 86 kg vazn toifasida final jangida farg'onalik Temurxon Sobirovga qarshi ringga chiqdi. Mazkur jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan SHohjahon Abdullaev g'alaba qozonib, O'zbekiston chempionati oltin medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar