09 may 18:12
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Abdullaevning bugungi jangi bekor bo'ldi
Bugun Vengriyaning Budapesht shahrida prof boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasidagi britaniyalik taniqli charm qo'lqop ustasi Tommi Fyuri hamda bosniyalik Kenan Xanjalic o'rtasida kechadi.
Mazkur turnir doirasida o'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Abdullaev ham ringga chiqishi kerak edi. 22 yashar hamyurtimizga Gruziya vakili Irakli Alanidze (6-5-1) raqib bo'lishi rejalashtirilgandi.
Biroq bellashuv Abdullaevning qo'lidan jarohat olishi oqibatida bekor qilindi. Bu haqda SHohjahon Olamsport muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
Malumot uchun, SHohjahon prof boksdagi faoliyati davomida hozirgacha 4 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar