09 iyu 16:03
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev haqida so'nggi malumot
So'nggi kunlarda professional bokschimiz SHohjahon Ergashev borasida ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so'zlar tarqaldi.
Uning avtofalokatga uchragani haqida mish-mishlar, operaciya stolida yotgan eski suratlari chiqib ketdi. Ammo, havotirlanishga hojat yo'q. Bokschi ayni paytda sog'-salomat. U hozirda AQSHda bo'lib turibdi va navbatdagi jangiga aynan o'sha erda tayyorgarlik ko'rmoqda.
So'nggi malumotga ko'ra, u 20 iyul kuni Rossiyaning Gelenjik shahrida ringga ko'tarilishi lozim. Uning o'sha kungi raqibi hozircha nomalum.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Аммо нима бўлганда ҳам омон бўлсин. Фақат шубҳалар нотўғри бўлса, видео кўриниш қилиб, ўзи маълум қилиш керак эди.
13 iyul kuni yana bir hamyurtimiz jang qiladi
63 kg vaznda yaqindagina WBC asia kamarini qoʼlga kiritgan Anvar Turopov (4-1-0 3KOs) 13 iyul kuni Malayzianing George Town shahrida Zulhairi Zulkahar (0-1-0) ga qarshi 6 roundlik reyting jangini oʻtkazadi.
13 iyul kuni yana bir professional bokschimiz navbattagi jangini oʻtkazadi.
59 kg boʻlgan vaznda 22 yoshli bokschimiz Javohirbek Karimov (2-0-0 2 KOs) navbatdagi jangini yengilmas Qirgʻizistonlik kuchli bokschilardan biri Erjanbek Turgumbekov (6-0-0 2 KOs) ga qarshi oʻtkazadi. Jang RCC boxing tomonidan tashkillashtirilayotgan bolib Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bolib oʻtadi
20 iyul 2 nafar hamyurtimiz bir kechada navbatdagi janglarini oʻtkazishlari kutilmoqda.
Super ogʻir vaznli bokschimiz Gaybullo Kuchkarov (1-1-0) 20 iyul kuni Central Square, Gelendzhik Rossiyada mezbon bokschi Arslan Yallyev (4-0-0 1KOs)ga qarshi 8 roundlik reyting jangida ishtirok etadi. Maʼlumot uchun Shohjahon Ergashevning ham keyingi 10 roundlik jangi ushbu boks kechasiga belgilangan