18 apr 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev yana mashg'ulotlarga qaytdi (VIDEO)
Professional boksning superengil vazn toifasidagi bokschimiz SHohjahon Ergashev Instagram sahifasiga yangi post joyladi.
"Biz mashg'ulotlarga qaytdik. Ramazon paytida yana bir oy qo'shimcha dam oldik. Endi esa tetik bo'lib qaytdik", deya izohladi bokschi quyidagi videoni.
33 yoshli SHohjahon prof faoliyati davomida hozirga qadar 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz so'nggi jangini joriy yilning 15 fevral kuni Farg'onada ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar