So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

19 iyu 16:49
Yangiliklar

Futbol

SHohsupa sari yo'l. Rustam Ashurmatov: Osiyo o'yinlarida faqat chempionlik uchun kurashamiz

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va Media departamenti Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari oldidan SHohsupa sari yo'l loyihasini ishga tushirgan.

Unda qitaning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan o'zbek sportchilari mehmonimiz bo'lib, bir necha savollarimizga javob qaytaradilar. Bungacha engil atletikachi Nadiya Dusanova, bokschimiz Isroil Madrimov, taekvondo sporti ustasi Nigora Tursunqulova kabi yurtdoshlarimiz mazkur loyihada savollarimizga javob qaytarishgandi. Bugun esa Osiyo chempioni, futbolchi Rustam Ashurmatov bilan uyushtirilgan qisqa suhbatni etiboringizga taqdim etamiz.

Nima uchun aynan futbol?

Futbolga oilaviy qiziqamiz. Oilamiz azolari sportning ushbu turini jon-dildan sevishadi. Futbolni tanlashimda ushbu omil muhim rol o'ynagan. SHu sababdan ham futbol bilan professional tarzda shug'ullanishni boshlaganman.

Ovqatlanish tartibi

Sportchilar ovqatlanishga jiddiy etibor qaratishadi. SHu qatori men ham imkon darajasida tabiiy mahsulotlarni istemol qilishga va albatta o'z vaqtida, tartib bilan ovqatlanishga harakat qilaman.

Sevimli sportchisi haqida

Qaysidir sportchini bu borada alohida ko'rsata olmayman. O'z ishining ustalari, xaqiqiy professionallarga havas qilaman va ulardan o'zimga kerak bo'lgan hislatlarni olishga intilaman.

Faoliyati davomida yodda qolgan holat

Futbolchilik faoliyatim davomida judayam ko'p qiziqarli, kutilmagan voqealarga duch kelaman. SHulardan biri, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ro'y bergandi. O'shanda hal qiluvchi final o'yini davomida kuchli qor yoqqanligi sababli birinchi bo'limda oq, ikkinchi taymda esa ko'k libosda maydonga chiqqanmiz. Menimcha bunday holat avvallari bo'lmagan. Bunday finalni xech qachon esdan chiqarib bo'lmaydi.

CHempionlikka erishish uchun nima qilish lozim?

CHempion bo'lish uchun faqat mehnat, harakat va yaqinlar duosi lozim bo'ladi. Sportchi o'z oldiga qo'ygan maqsaddan chekinmasa, tinmay harakatda bo'lsa albatta o'z maqsadiga etishadi. Sportda har bir mayda ko'ringan narsaga ham etibor qaratish talab etiladi. SHunda chempionlik sari olg'a yurish mumkin bo'ladi.

Osiyo o'yinlari oldidan

Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarini biz sportchilar orziqib kutyapmiz. U erda qitamizning eng kuchli atletlari jam bo'ladilar. O'z navbatida biz ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Unutmaslik lozimki, biz Jakartaga Osiyo chempionlari sifatida tashrif buyuramiz. Demak har qanday raqib bizga qarshi ikki karra ko'proq ishtiyoq bilan to'p suradi. Ammo shunga qaramay, biz faqat chempionlik uchun kurash olib boramiz. Umuman olganda O'zbekiston ushbu o'yinlarda nafaqat futboldan, balki boshqa sport turlaridan ham muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan. Prezidentimizning biz yoshlarga g'amho'rligi, xalqimizning duosi bilan biz nasib bo'lsa albatta o'z maqsadimizga etishamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing