So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

08 mar 14:25
Yangiliklar

Boks/MMA

SHon O’Melli: "Petr Yanni UFC`dan haydashadi"

Eng engil vaznda amaldagi UFC chempioni SHon O’Melli divizionda o'ziga hech qanday xavf ko'rmayapti.

Uning aytishicha, sobiq raqibi Petr Yan yana bitta jangdan so'ng UFC`dan haydaladi. Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan rossiyalik sobiq chempion mag'lubiyatlar iskanjasiga o'ralashib qolgan va bu holat uning tashkilotdan haydalashiga sabab bo'ladi.

"Marlon "CHito" Vera – urish uchun qo'g'irchoq. Petr Yan esa qo'lqopsiz janglarda debyut qilishga juda yaqin turibdi. Yana bitta jangdan so'ng biz uni o'sha erda ko'ramiz. Merab Dvalishvilining burni esa Jo Baydennikidan ham qiyshiq. SHundaymi, bolakay?", - deya UFC 299 turniriga bag'ishlangan matbuot anjumanida Petrga murojaat qilgan SHon.

Petr Yan yakshanba tongida uchta mag'lubiyatdan iborat seriyasini xitoylik Song Yadongga qarshi jangda yopishga urinib ko'radi. SHon O’Melli esa oqshomning markaziy jangida davogar Marlon "CHito" Veradan kamarini himoya qiladi. Aynan Vera bundan to'rt yil avval SHonga faoliyatidagi hozirgacha yagona bo'lib turgan mag'lubiyatini taqdim etgan edi. 

Eslatib o'tamiz, 2022 yilning oktyabr oyida SHon O’Melli Petr Yanni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etgandi. O'sha jang hakamlariga etirozlar juda ko'p bo'lgandi. O'tgan yilning avgustida esa O’Melli amerikalik Aljameyn Sterlingni ikkinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing