So’nggi yangiliklar

16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0

31 avg 13:10
Yangiliklar

Boks/MMA

SHon O’Melli Umar Nurmagomedovning mag'lubiyatiga izoh berdi

UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni SHon O’Melli joriy yil boshida Song Yadongni hakamlar qarori bilan mag'lub etgandi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi SHanxaydagi turnirda Umar Nurmagomedovni ikkinchi raundda nokautga uchratgan xitoylik jangchining shov-shuvli g'alabasi haqida fikr bildirdi. SHon jangni tomosha qilayotgan vaqtidagi munosabatini aks ettirgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.

"Umar burchagida turgan va shunchaki ichkariga bostirib kirgan o'sha odam kim edi? U deyarli Song Yadongga tirsagi bilan zarba berishiga bir bahya qoldi. SHunchaki tasavvur qiling, SHon O’Melli qanchalik zo'r? Albatta, hazillashyapman. Gap hozir men haqimda emas", — dedi O’Melli bahs yakunida.

SHuningdek, SHon O’Melli mag'lubiyatdan so'ng ketma-ket ikkinchi muddatidan avvalgi g'alabasini qo'lga kiritgan Songning mehnatini etirof etdi.

"Song uchun qanday yil bo'lmoqda — yanvarda men bilan jang qilib, yutqazdi. Qaytdi, Deyveson Figeredoni sabmishn (bo'g'ish) usuli bilan mag'lub etdi, keyin esa Umar Nurmagomedovni nokautga uchratdi. Songning ko'zi ustidagi jarohatga qarang. Bu men tizzam bilan urgan joyimmi? Lekin yana bir bor aytaman — gap men haqimda emas. Bas, etar", — deya qo'shimcha qildi divizionning sobiq chempioni.

Rossiyalik jangchini nokautga uchratgan Song Yadong 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirida Pyotr Yan va Merab Dvalishvili o'rtasidagi chempionlik jangi g'olibi bilan to'qnash kelish uchun asosiy davogarlardan biriga aylandi. Agar gruziyalik jangchi chempionlik kamarini qaytarib olsa, xitoylik vakil navbatdagi chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritishi mumkin. Agar rossiyalik jangchi chempion bo'lib qolsa, katta ehtimol bilan titul uchun SHon O’Melli jang qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing