08 fev 11:23
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
![](/upload/storage/322111_220.jpg)
SHort-trekchi Daniil Eybog yana bir dasturni medalsiz yakunladi
Xitoyning Xarbin shahrida o'tkazilayotgan IX qishki Osiyo o'yinlarining bugungi kuni O'zbekiston delegaciyasi uchun yakuniga etdi.
Hamyurtlarimiz orasidagi so'nggi chiqishni short-trek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Daniil Eybog amalga oshirdi.
U 500 m masofaga kechgan poygada 41.431 soniya natija bilan B finalga yo'l olgandi.
Hal qiluvchi bosqichda legioner sportchimiz 42.457 soniyada marrani kesib o'tdi. Biroq bu natija medal uchun etarli bo'lmadi. Yakunda Daniil Eybog mazkur dasturning umumiy klassifikaciyasida beshinchi o'rinni egalladi.
Endi Daniil Eybog ertaga 1000 m masofaga kechadigan poygada yarim final yo'llanmasi uchun bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar