23 apr 06:59
Yangiliklar
Futbol

SHota Arveladze: Durang mag'lubiyatdan ko'ra yaxshiroq edi
"Paxtakor" ustozi SHota Arveladze "Al Sadd"ga uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin biz kutgandek kechdi. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo natija biz uchun ijobiy bo'lmadi.
Raqib uslubini o'zgartirmadi, ammo hujumlarini turlicha uyushtirishga intildi. Ularning o'yini syurpriz bo'lgani yo'q. Raqib o'z falsafasiga mos holda harakat qildi. Guruhdagi holat hamon murakkabligicha qolmoqda.
Deyarli o'yin yakunigacha durang natija bo'lib turgandi. Durang mag'lubiyatdan ko'ra yaxshiroq edi" - dedi Arveladze.
Eslatib o'tamiz, kechagi g'alabadan so'ng "Al Sadd" 7 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarni "Al Ahli" (6), "Paxtakor" (5) va "Persepolis" (4) jamoalari band etishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar