27 sen 15:09
Yangiliklar
Futbol

SHota Arveladze: "Final yo'llanmasi uchun qiyin o'yin bo'ladi"
Bugun O'zbekiston kubogining birinchi yarim final bellashuvi bo'lib o'tadi.
Qo'qonda o'tadigan bahsda “Qo'qon-1912” va “Paxtakor” jamoalari o'zaro bellashadilar. “Paxtakor” matbuot xizmati Qo'qondagi o'yindan oldin bosh murabbiy SHota Arveladzening fikrlarini chop etdi.
- O'zbekiston Kubogi finali uchun jamoalarga yana birgina g'alaba etishmayapti. Final sari oldinga bir qadam tashlash qoldi xolos. Uchrashuvning qiyin o'tishini kutyapman. Mezbonlar ham, biz ham bor kuchimizni ishga solamiz. Biz finalga chiqishni xohlaymiz va qo'limizdan kelganini maydonda uddalashga intilamiz.
Havola :
Manba : pakhtakor.uz
Fikrlar