So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

21 sen 05:46
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze: "G'alaba qozonishni xohlasangiz, raqibdan ko'proq gol urishingiz kerak"

OCHL-2020 5-turi doirasida "Paxtakor" jamoasi BAAning "SHabab Al Ahli" klubi bilan durang (0:0) o'ynadi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladzega uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Dragan CHeran hamrohlik qildi.

SH.Arveladze: "O'ylashimcha, bugun juda yaxshi o'ynadik. Umumiy qaraydigan bo'lsak gol urmadik, lekin qisman oladigan bo'lsak ajoyib o'yin o'tkazdik. Afsuski, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Oxirgi 20 daqiqada gol urishimiz mumkin edi, bu futbol, bu CHempionlar ligasi, bu erda gol urish shart. Ortda qolgan 3 o'yinda 8 ta yaqqol golli vaziyat yaratdik, buni davom ettirishimiz va gol urishimiz kerak.

- "Al Hilol"ga qarshi birinchi o'yin va bugun jamoa to'pni va o'yinni nazorat qildi, vaziyatlar yaratdi, ammo gol urishda juda oqsamoqda. Imkoniyatlarni ko'kka sovurilishi qachondir qimmatga tushishi mumkin...

- Agar siz gol urmasangiz, unda g'alaba qozonolmaysiz. Bu haqda oldin ham aytganman. Agar bahsni yutishni istasangiz raqibdan ko'ra ko'proq gol urishingiz kerak. Agar g'alaba qozonmasangiz, unda guruhdan chiqolmay qolib ketishingiz mumkin.

- Bugun o'yinni to'liq nazorat qildik. Lekin, shunday o'y paydo bo'lyapti-ki, o'yinchilar to'pni darvozaga olib kirib qo'yishmoqchi. Imkon bo'lishi bilan zarba berib gol urishmoqchi emasdek. Bu futbolchilar oldingi ikki bellashuvda ko'p kuch yo'qotganliklari bilan bog'liqmi yoki boshqa sababmi?

- Albatta, dastlabki ikki o'yin charchoqqa tasir ko'rsatadi, ruxiy muammolar. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar etarli bo'ldi. Bu futbol, bu erda sening zarbalaringni bloklashi yoki qaytarishi mumkin bo'lgan darvozabon va himoyachilar bor. Hamisha senga halal beradigan kimdir topiladi.

Umumiy olganda sal oldinroq aytganimdek, biz nafaqat to'pni nazorat qildik, balki yaxshi o'ynadik ham. Yaqin masofadan zarbalar berish imkoni ham bo'ldi, bu noaniq zarbalardan ko'ra yaxshiroq. Jarima maydoniga havolatib yaxshi to'p uzatishlar ham bo'ldi, lekin darvozabon 4-5 marta yaxshi o'ynadi. SHuningdek, bunday qisqa vaqtda o'tadigan bahslarda muhim rol o'ynaydigan jismoniy holatni ham qayd etib o'tish mumkin. Muammolarni bilamiz va ularni to'g'rilash ustida ishlaymiz.

- O'yindan keyin Eren Derdiyokni to'xtatib malum vaqt u bilan gaplashdingiz. Unga gol urolmaganidan noroziligingizni bildirdingizmi?

- Yo'q, undan noroziligimni bildirmadim. SHunchaki, u bilan yoqimsiz bir vaziyat haqida gaplashdik. Bir holatda chap qanotdan erlatib pas uzatildi (F.Sayfiev erlatib jarima maydoniga to'pni uzatgan vaziyat) va o'sha to'pga tashlanmadi. Men Erenga shunday dedim: "Kimdir to'pga intilishi kerak, kimdir yugurishi va to'pga teginib qo'yishi va gol urishi kerak". Har bir pas va zarba gol bo'laversa, bu hammaga ham yoqavermaydi. Faqat, "Bavariya"ga yoqishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing