31 jan 07:45
Yangiliklar
Futbol
SHota Arveladze: “Ikkala golni ham o'zimiz “sovg'a” qildik”
“Al Garafa” – “Paxtakor” (2:1) uchrashuvidan keyin “sherlar” ustozi SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etib, o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Raqibni g'alaba bilan tabriklayman va ularga musobaqada omad tilayman. Biz oddiy xatolar sababli ikki gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik vaziyatni o'zgartirishga urindik, ammo o'yinni qo'shimcha bo'limlarga o'tkazish imkoniyatidan foydalana olmadik.
- Ikkinchi bo'limda jamoa kuchliroq o'ynadi? Buning sababi nimada?
- Jismoniy tarafdan ular yaxshi holatga kirib borishyapti. Qolaversa, natija tufayli biz oldinga o'tishga majbur edik. Har ikki golni o'zimiz olib keldik. Dastlab penalti, keyin esa kutilmagan zarba. Gollarni raqibga “sovg'a” qildik. "Garafa" boshqa birorta imkoniyat yaratmadi... Futbolchilar ham oddiy inson. Ular ana shunday xatolarga yo'l qo'yib turishadi.
Havola :
Fikrlar