19 iyu 07:21
Yangiliklar
Futbol
SHota Arveladze: "Navoiyda o'ynash doim og'ir"
"Qizilqum" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinni juda ham sekin boshladik. Raqib ham ko'proq to'pni nazorat qildi. Biz mana shunday golni kutgandik. Raqiblarda ko'p imkoniyat bo'ldi, darvozabonimiz qutqardi. Oxirgi 15 daqiqada o'yinga qaytdik. Bu chiroyli g'alaba bo'ldi. "Qizilqum"ga keyingi uchrashuvda omad tilayman.
Biz agressiv o'ynamadik, o'tkazilgan golni o'zimiz olib keldik. Navoiyda o'ynash doim og'ir. O'tgan mavsumda bu erda durang o'ynagandik. Maydon eng yaxshilaridan biri, stadiondagi muhit ham ajoyib bo'ldi. Futbol ko'rish uchun kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularning sevimli jamoasi g'alaba qozona olmagan bo'lsa ham, qandaydir dramani ko'rishdi", - dedi SHota Arveladze.
Havola :
Fikrlar