30 jan 09:50
Yangiliklar
SHota Arzeladzening "Xall Siti"dagi ilk intervyusi: "Paxtakor" va O'zbekiston futboli haqida
Gruziyalik murabbiy ingliz klubidagi ilk intervyusi davomida O'zbekiston va "Paxtakor" haqidagi savollarga ham javob berdi.
– SHota, "Xall Siti" bosh murabbiyi bo'lganingizdan so'ng nimalarni his qilyapsiz?
– Men bundan juda mamnunman. Birinchi navbatda, menga bu imkoniyatni bergan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Fikrimcha, futbol sektorida faoliyat olib boradigan barcha insonlar aynan Angliyada ishlashni istashadi. Men shunchaki baxtliman. Oilam, ota-onam mendan faxrlanishyapti. Men hammasini tezroq boshlashni istayapman.
– Klubdagi nima sizni o'ziga tortdi?
Angliya, futbol, hissiyotlar, bu erdagi futbolga bo'lgan muhabbat. Men yoshi ulug' qariyalar o'z nabiralari bilan to'rtinchi, uchinchi, ikkinchi va yuqori divizion o'yinlariga ketayotganlarini ko'rib juda quvonaman. Men Gruziyada katta bo'lganman. Olti yoshimda stadiondan turib birinchi o'yinni ko'rganman. O'shanda meni dadam va bobom "Dinamo Tbilisi" va "Liverpul" o'rtasidagi uchrashuvga olib borishgan. O'yin 1979 yilda o'tkazilmoqda. Tasavvur qilyapsizmi? Yakunda biz "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag'lub qilganmiz. Stadionda odam to'la edi. O'shanda dadam meni yo'qotib qo'ymaslik uchun qo'limdan qattiqroq ushlashimni tinmay so'rardi. Angliyada esa bunday o'yinlar deyarli har doim bo'ladi. Bu mamlakatda futbol jamiyatning bir bo'lagi. Mening bu erdaligimga asosiy sabab shu.
– Siz Niderlandiya, Turkiya, Isroil va O'zbekiston kabi davlatlarda ishlagansiz. Bu mamlakatlardagi tajribalar sizni Angliyadagi faoliyatingizga qanday tasir qiladi deb o'ylaysiz?
– Men hech qachon o'z ona tilimda so'zlashib, murabbiylik qilmaganman. Albatta, har bir madaniyatning sizni kuchliroq qiladigan o'ziga xos jihatlari bor. Men bu erga kelib juda to'g'ri qaror qabul qildim deb o'ylayman.
– Van Gal, Ronald Kuman va Dik Advokat kabi murabbiylar bilan ishlagansiz. Ular sizni murabbiy sifatida rivojlanishingizga qanday tasir o'tkazishgan?
– Men hech qachon ularning nusxasi bo'lishga intilmaganman, buni uddalay olmasdim ham. Ulardan juda minnatdorman. Men ikki xil murabbiylar avlodini ko'rdim. Maydonda to'p tepish va murabbiy bo'lish butunlay boshqa narsa. Kerakli paytda ularning yonida bo'lganimdan mamnunman.
– O'zingizni murabbiy sifatida qanday tasvirlaysiz?
– O'ziga jalb qiluvchi futbol tarafdori. Barcha tomoshabinlar aynan shuni ko'rishni istaydilar. O'yinchilarga kerakli barcha sharoitni yaratib beraman, bosim o'tkazishni yoqtirmayman. Hurmat jamoada birinchi o'rinda bo'ladi. O'zaro hurmatni shakllantira olsak, biz bir ishni avvalgisidan ko'ra yaxshiroq bajara olamiz.
– So'nggi ish joyingiz hisoblanmish O'zbekistonda ulkan muvaffaqiyatlarga erishgansiz. Bunga sabab nima bo'lgan?
– "Paxtakor"da ishlashga rozi bo'lishim juda qiyin kechgan. Bu qarorni qabul qilish oson bo'lmagan. Biz Osiyo futboliga unchalik ham etibor qaratmaymiz. Ko'pchilik Osiyo futbolchi qanchalik qiyinligini tushunmaydi. Qatar Amerika Kubogida qatnashganini ko'rib insonlar biroz hayron qolishadi. Yaponiya, Koreya esa Jahon chempionatida boshqa jamoalarga katta muammo to'g'dirishadi. SHundan so'ng, ko'pchilik Osiyo futboli qanday ekanligini tushunib etishadi. Men uchun "Paxtakor"ga borish katta sinov edi. Bolaligimda "Dinamo Tbilisi" va "Paxtakor" bitta musobaqada o'ynashardi. "Paxtakor" Sobiq Ittifoq hududidagi ulkan klublardan biri hisoblanadi. Bu oson bo'lmasligi aniq edi. Quyoshli o'lka, havo harorati ham ancha yuqori. Insonlar shu sabab ham biroz sekin harakat qilishni boshlashadi. Asosiysi, ular ham siz kabi futbolni sevishadi. Biz uchun eng muhimi shu. Agar siz qilayotgan ishingizni sevsangiz uni bajarish osonlashadi. Qisqa qilib aytganda, "Paxtakor"da ajoyib uch yarim yillik faoliyat olib bordim. Rahbariyat, u erdagi yaxshi insonlar menga yordam berishdi va omad o'z-o'zidan kelishni boshladi. CHempionlar Ligasi chorak finalida o'ynadik. O'sha musobaqada biz uctunlik ko'rsatgandik.
– Ayni damda "Xall Siti" bilan muvaffaqiyatlarga erishishga qanchalik chanqoqsiz?
– Men hali nonushta ham qilmadim (kulib qo'yadi). O'zimda bor energiyani ko'rsatish qiyin bo'lmoqda. Jamoamdagilar mehnat qilishni boshlab yuborishdi. Ishtiyoq bilan ishlashga, g'alabalarga erishishga ishonaman. Jamoa va uning yosh o'yinchilari bilan yaxshi natijalarga erishishimizga aminman.
– O'yinchilarni baholash uslubingiz qanday?
– Kreativlik, istedod, tajriba. Bu eng kerakli jihatlar. Agar shu uch unsur bo'yicha biz muvozanatni ushlay olsak barchasi yaxshi bo'ladi. Kreativlik va o'z harakatlarimiz bilan raqibni shoshirib qo'ya olsak, bu muxlislarga shokolatdek yoqib tushadi. O'ylashimcha, muxlislarimiz buni istalgan murabbiydan ko'ra yaxshiroq tushunishadi va his qilishadi. Bizni oldinda past balandliklar kutib turganini juda yaxshi bilamiz.
– Joriy va keyingi mavsumlar uchun maqsadlaringiz qanday?
– Hozirda jamoada qiyin vaziyatligini tan olish kerak. Ammo shu davrga qadar "Xall Siti"ni xavfli zonadan uzoqroq ushlab turish uchun kurashib kelayotgan jamoaning barcha azolariga rahmat aytmoqchiman. Men jamoaga yordam berish, uni kuchliroq qilish uchun shu erdaman. Biz buni yolg'iz bajara olmaymiz. Yuz yildan beri jamoamizni qo'llab kelayotgan muxlislar bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi.
– O'yinchi sifatida siz "Ayaks", "Reynjers" va "Trabzon" klublarida gollar urgansiz. Bu erda hujumchilar bilan qanday munosabatda bo'lmoqchisiz?
– Bilasizmi, mashg'ulotlarda futbolchilar yig'ilib turishgan bo'lsa, men ularga qo'shilib ketgim keladi. Sobiq hujumchi sifatida ularga kerakli topshiriqlarni bera olaman deb o'ylayman. Buni tez orada bilib olasiz. Bu tajriba ularda yo'q. Men o'z o'yinchilarimdan kamida 20 yoshga kattaman. Ular bazi narsalarni mendan bilib olganlari osonroq kechadi.
Fikrlar