07 dek 19:33
Yangiliklar
Taekvondo

SHuhrat Salaev "Katta dubulg'a CHellenjer" musobaqasi vice-chempioni sifatida asosiy turnirga yo'llanma qo'lga kiritdi
Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasida "Katta dubulg'a" saralash musobaqasi boshlandi.
Turnirning ilk kuni doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasining to'rt nafar vakili — Diyorbek To'xliboev (68 kg), Najmiddin Qosimxojiev (68 kg), SHuhrat Salaev (+80 kg) va Feruza Sodiqova (67 kg) dayangga ko'tarildi.
Quvonarlisi, og'ir vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan SHuhrat Salaev musobaqaning kumush medaliga ega chiqdi. Neytral maqomdagi Rafael Alyukaevga qarshi bahsda hamyurtimiz kichik hisobli farq bilan imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, 2026 yilda o'tkaziladigan "Katta dubulg'a" asosiy musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.
Qolgan sportchilarimiz esa afsuski, turli bosqichlarda imkoniyatlarni boy berib qo'yishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar