28 fev 00:34
Yangiliklar
SHukurjon Aminova - Tashkent Grand Slam 2026 chempioni + FOTOGALEREYA
O'zbekistonlik dzyudochi qiz SHukurjon Aminova (-57 kg) shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, mamlakatimizga oltin medalni taqdim etdi! SHukurjon final yo'lida eng kuchli raqibalarini mag'lubiyatga uchratdi, jumladan, 1/2 finalda amaldagi jahon chempioni Eteri Lipartelianini (Gruziya) ippon bahosi bilan dog'da qoldirdi.
Final "jangi": yaponiyalik Mio SHirakanaga qarshi hal qiluvchi bellashuv mashaqqatli kechdi. Aminova metin iroda va matonatini namoyish etib, g'alabani tortib oldi va terma jamoa etakchisi maqomini tasdiqladi.
Reytingdagi sakrash: Bu muvaffaqiyat unga jahon reytingi uchun 1000 ochko keltirdi.
Taqdirlash marosimi: G'olib va sovrindorlarga medallarni Osiyo Olimpiya Kengashi vice-prezidenti, O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov tantanali ravishda taqdim etdi.









Fikrlar