So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

05 okt 10:31
Yangiliklar

Eshkak eshish

SHunaqasi ham bo'lar ekan! Samarqanddagi jahon chempionatida finishga oz qolganida qayig'idan ag'darilib ketgan rossiyalik sportchiga oltin medali qaytarib berildi

Avgust oyida Samarqand shahridagi eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionati o'tkazilgan edi.

Musobaqa doirasida 500 metr masofadagi bahslarda ishtirok etgan rossiyalik kanoechi Zaxar Petrov finishga oz qolganida qayig'i ag'darilib ketgandi. Uning qayiq kamoni finishni birinchi bo'lib kesib o'tganiga qaramay, rasmiy protokolda Zaxarning natijasi avvaliga hisobga olinmagandi.

SHundan so'ng, neytral maqomidagi sportchi Petrov tomoni tashkilotchilarga protest bildirib, qayta tekshirishlardan so'ng, Zaxarning oltin medal qo'lga kiritgani elon qilingandi. Ammo keyinchalik elon qilingan yangiliklarda Zaxardan oltin medal olingani va u rasmiy protokolda finishga qadar etib kela olmagani qayd etildi. Oltin medal esa ikkinchi bo'lgan moldovalik Sergey Tarnovskiyga nasib etgandi.   

Mazkur voqealardan so'ng Rossiya baydarka va kanoeda eshkak eshish federaciyasi Xalqaro federaciyaga apellyaciya kiritgan. Qizig'i, ICF ularning so'rovini qanoatlantirdi va Zaxar Petrovga yana oltin medal qaytarildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing