23 sen 11:12
Yangiliklar
Tennis

Shymkent International. Xabibulina yarim finalda to'xtadi
Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Shymkent International turnirining asosiy to'r bahslarida uchinchi raqam ostida tasniflangan Albina Xabibulina yarim finalda o'z yurishini to'xtatdi.
Xabibulina turnirning birinchi raqamli tennischisi rossiyalik Darya Krujkovaga qarshi kortga chiqdi va raqibasiga ikkala setda ham bir xil 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar