13 apr 08:01
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Arina Folc chorak finalga chiqa olmadi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasining ikkinchi davrasiga 2 tennischimiz yo'llanma olgandi. Ulardan Arina Folc chorak final ostonasida mag'lubiyatga uchradi.
Hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Karina Sarkisovaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda Sarkisova 6:3, 5:7, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar