27 sen 08:05
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Besh tennischimizdan faqat bir nafari ikkinchi davraga chiqdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Turnirning asosiy to'r bahslarida besh nafar tennischimiz ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Ulardan faqat bir nafarigina g'alabaga erishib, ikkinchi bosqichga yo'llanma oldi. Qolgan to'rt tennischimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'yilgan Saidalo Saidkarimov ukrainalik Oliksiy Kolisnikni 1:6, 6:2, 6:0 hisobida mag'lub etib, ikkinchi davraga chiqdi. Uning chorak final ostonasidagi raqibi turnirning ettinchi raketkasi belgiyalik Kimmer Koppeyans bo'ladi.
Hamyurtlarimizdan Pavel Coy, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin va Jo'rabek Karimov raqiblariga yutqazib, musobaqaning yakkalik bahslaridagi ishtiroklarini yakunlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar