15 apr 11:51
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Fayziev final ostonasida to'xtatildi
Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Turnirning to'rtinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan hamyurtimiz Sanjar Fayziev yarim final uchrashuvida kortga chiqdi. Uning raqibi turnirning 5-raketkasi ispaniyalik Mariya Vilella-Martines bo'ldi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda Fayziev evropalik raqibiga 5:7, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Sanjar dunyo reytingida 374, Mariya Martines esa 390-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar