15 okt 18:48
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Sibircev Ostonada o'tayotgan Jahon kubogida shohsupaga ko'tarildi
Suzish bo'yicha terma jamoamiz azosi bu yo'nalishda O'zbekiston rekordini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida suzish bo'yicha qisqa masofaga (25 metrli basseyn) Jahon kubogining uchinchi bosqichi start oldi. Unda O'zbekiston terma jamoasi vakili Iliya Sibircev erkin usulda 1500 metrga suzish bahslarida bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Sportchimiz 14:43.97 natija qayd etib, uchinchi o'rinni egalladi va shu bilan birga qisqa masofada O'zbekistonning yangi rekordini o'rnatdi.
1500 m, erkin usul:
1. Lukas Xenve (Belgiya) – 14:33.14
2. Oliver Papai (Vengriya) – 14:40.55
3. Iliya Sibircev (O'zbekiston) – 14:43.97

Havola :
Fikrlar