28 apr 11:47
Yangiliklar
Futbol

Silva "Manchester Siti" uchun xayrlashuv o'yinini tashkil etmoqchi
"Manchester Siti" xavbeki David Silva klub bilan chiroyli tarzda xayrlashmoqchi.
34 yoshli ispaniyalik so'nggi o'yinini 17 mayda tashkil etishni rejalashtirayotgan edi, ammo koronavirus tufayli bu o'yin yozga qoldirildi.
Xabarlarga ko'ra, Silva mavsum yakunlangandan so'ng "Siti" bilan shartnomasi tugaydi va u "Inter Mayami" klubiga o'tishni ko'rib chiqmoqda. David Silva joriy mavsum APLda 19ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar