21 mar 18:00
Yangiliklar
Futbol

Simeone: Hech qachon Realni boshqarmayman
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone hech qachon Realda ishlamasligini aytib o'tdi.
Men hech qachon Realni boshqarmayman. Bu barchaga tushunarli bo'lsa kerak. Ularning o'zlari meni chaqirishmasa ham kerak.
Men yoshman. Balki, qachondir Ispaniyaning boshqa klubida ishlarman. Bir kun kelib Argentina terma jamoasini boshqarishni istardim, ammo buning uchun eng yaxshi bo'lishim kerak. Buni faoliyatimning oxirgi yillarida amalga oshirmoqchiman.
Oldinroq Simeone Atletikodan Interga o'tmoqchi emasligi haqida xabarlar chiqqandi.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar