So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

27 avg 10:17
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup 2025. Nihoyat, Nodirbek Abdusattorovda uzoq kutilgan g'alaba

AQSHning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning 8-turi bo'lib o'tdi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori 10 nafar grossmeysteri jam bo'lgan ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) ham ishtirok etmoqda. SHaxmatchimiz ketma-ket omadsizliklardan so'ng nihoyat, musobaqadagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. U oq donalarda franciyalik Alireza Firuzdjani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. 

Grossmeysterimiz bungacha o'tkazilgan 7 ta uchrashuvning 4 tasida raqiblariga imkoniyatni boy bergan, 3 tasida esa durangga rozi bo'lgandi. Kechagi g'alabadan keyin Nodirbek ochkolarini 2,5 taga etkazib oldi, lekin so'nggi 10-o'rindan tepaga ko'tarila olmadi. To'qqizinchi pog'onadan joy olgan va aynan Nodirbekka imkoniyati boy bergan Alireza hisobida 3 ochko bor. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju 3,5 ochko bilan 8-o'rinni band etgan.  

Sinquefield Cup 2025 turnirining 8-tur qolgan barcha partiyalarida durang natija qayd etildi. Turnir jadvalida amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 5 ochkodan to'plab, qo'shhokimlikni davom ettirishyapti. Amerikaliklar Levon Aronyan va Uesli So hisobida 4,5 tadan ochko bor. 

Bugun musobaqada so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Uesli Soga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 22:30da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing