So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

22 avg 10:31
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup 2025. Nodirbek Abdusattorov antirekord sari yuzlanmoqda

AQSHning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning 4-turi bo'lib o'tdi.

Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi 29 avgustga qadar davom etadi va aylanma tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ushbu bosqich GCT ochkolari uchun so'nggi imkoniyat hisoblanadi. Dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori bo'lgan 10 nafar grossmeysteri qatori hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. 

Afsuski, grossmeysterimiz o'tkazilgan 4 ta uchrashuvning 3 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Faqat 3-turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha (2779) bilan durangga imzo chekdi. Nodirbek amerikalik Levon Aronyan, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju va kecha 4-turda amerikalik Fabiano Karuanadan alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. To'rtinchi turining qolgan barcha partiyalarida tomonlar durangga imzo chekishdi.

Bugun Sinquefield Cup 2025 turnirining 5-turida hamyurtimiz qora donalarda amerikalik Sem Sevianga qarshi bahs olib boradi. Sevian 2 ochko bilan 8, Nodirbek esa 0,5 ochko bilan oxirgi 10-o'rinni egallab turibdi. Beshinchi tur uchrashuvlari ham bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. Turnir jadvalida 5-tur oldidan Fabiano 3 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Levon Aronyan va Rameshbabu Praggnanandha hisobida 2,5 ochkodan bor.

Sinquefield Cup 2025. 4-tur natijalari:

Uesli So (AQSH) - Alireza Firuzdja (Franciya) 1/2-1/2

Levon Aronyan (AQSH) - Yan-Krishtof Duda (Polsha) 1/2-1/2 

Gukesh Dommaradju (Hindiston) - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) 1/2-1/2

Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Sem Sevian (AQSH) 1/2-1/2

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Fabiano Karuana (AQSH) 0-1 

Sinquefield Cup 2025. 5-tur juftliklari:

Yan-Krishtof Duda (Polsha) - Gukesh Dommaradju (Hindiston)

Fabiano Karuana (AQSH) - Uesli So (AQSH) 

Sem Sevian (AQSH) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 

Alireza Firuzdja (Franciya) - Levon Aronyan (AQSH)

Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) - Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing