26 avg 13:08
Yangiliklar

Sinquefield Cup 2025. Nodirbek Abdusattorov "cho'kish"da davom etmoqda
Dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori 10 nafar grossmeysteri jam bo'lgan ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) omadsiz ishtirok etmoqda. SHaxmatchimiz ortda qolgan 7 ta turda hali g'alaba nimaligini bilmadi. Bunday omadsiz ishtirokka anchadan beri guvoh bo'lmayotgandik.
Grossmeysterimiz o'tkazilgan 7 ta uchrashuvning 4 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi, 3 tasida esa durangga rozi bo'ldi. Turnir jadvalida so'nggi 10-o'rinni egallab turgan Nodirbek kecha o'tkazilgan 7-turda 9-pog'onada borgan polshalik Yan-Krishtof Dudaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Sinquefield Cup 2025 turnirining 7-turida Uesli So amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni, Rameshbabu Praggnanandha franciyalik Alireza Firuzdjani mag'lubiyatga uchrata oldi. Qolgan ikki partiyada kuchlar teng keldi. Musobaqa yakunlanishiga 2 tur qolgan bir paytda turnir jadvalida qo'shhokimlik yuzaga keldi. Fabiano Karuana va Rameshbabu Praggnanandha 4,5 tadan ochko jamg'arib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni band etgan.
Fikrlar