So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

23 avg 10:58
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup 2025. Nodirbek Abdusattorov ochko oldi

AQSHning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning 5-turi bo'lib o'tdi.

Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi 29 avgustga qadar davom etadi va aylanma tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ushbu bosqich GCT ochkolari uchun so'nggi imkoniyat hisoblanadi. Dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori bo'lgan 10 nafar grossmeysteri qatori hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. 

Grossmeysterimiz o'tkazilgan 5 ta uchrashuvning 3 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi, 2 tasida esa durangga rozi bo'ldi. Uchinchi turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha (2779), kecha 5-turda amerikalik Sem Sevian bilan murosaga keldi.  Beshinchi turning barcha partiyalarida tomonlar durangga imzo chekishgan. 

Bugun Sinquefield Cup 2025 turnirida dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga o'tkaziladigan 6-turda hamyurtimiz oq donalarda franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi bahs olib boradi. Maksim 5 imkoniyatdan 2,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rinni band etgan. To'rtinchi o'rindagi Uesli So, 8-pog'onadagi Gukesh Dommaradju hisobida ham 2,5 ochkodan bor. Nodirbek esa 1 ochko bilan oxirgi 10-o'rinni egallab turibdi. 

Sinquefield Cup 2025. 5-tur natijalari:

Yan-Krishtof Duda (Polsha) - Gukesh Dommaradju (Hindiston) 1/2-1/2

Fabiano Karuana (AQSH) - Uesli So (AQSH) 1/2-1/2

Sem Sevian (AQSH) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 1/2-1/2

Alireza Firuzdja (Franciya) - Levon Aronyan (AQSH) 1/2-1/2

Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) - Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) 1/2-1/2

Sinquefield Cup 2025. 6-tur juftliklari:

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya)

Gukesh Dommaradju (Hindiston) - Alireza Firuzdja (Franciya) 

Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Yan-Krishtof Duda (Polsha)

Sem Sevian (AQSH) - Fabiano Karuana (AQSH) 

Levon Aronyan (AQSH) - Uesli So (AQSH)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing