So’nggi yangiliklar

13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0

25 avg 17:40
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup 2025. Nodirbek Abdusattorov yana ochko oldi

AQSHning Sent-Lyuis shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning 6-turi bo'lib o'tdi.

Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi aylanma tizimda 9 turdan iborat bo'lib, GCT ochkolari uchun so'nggi imkoniyat hisoblanadi. Dunyoning ko'zga ko'ringan va reytingi yuqori bo'lgan 10 nafar grossmeysteri qatori hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib bormoqda. 

Grossmeysterimiz o'tkazilgan 6 ta uchrashuvning 3 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi, qolgan yarmida esa durangga rozi bo'ldi. Oltinchi turda franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi oq donalarda o'ynab, durangga imzo chekdi. Oltinchi turning qolgan barcha partiyalarida ham shaxmatchilar murosaga kelishdi. 

Bugun Sinquefield Cup 2025 turnirida 7-tur o'ynaladi. Hamyurtimiz qora donalarda polshalik Yan-Krishtof Dudaga qarshi bahs olib boradi. Markaziy uchrashuv turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik grossmeysterlar Fabiano Karuana va Levon Aronyan o'rtasida bo'lib o'tadi. Karuana 6 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, yakka karvonboshiligini davom ettirmoqda. Aronyan va Rameshbabu Praggnanandha 3,5 ochko jamg'arib, kuchli uchlikka yakun yasagan. Nodirbek esa 1,5 ochko bilan oxirgi 10-o'rinni egallab turibdi. Abdusattorovning bugungi raqibi Duda 2,5 ochko bilan 9-pog'onadan joy olgan. Agar bugun shaxmatchimiz g'alaba qozona olsa, ochkolarini Dudaga etkazib oladi.  


Sinquefield Cup 2025. 6-tur natijalari:

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) 1/2-1/2

Gukesh Dommaradju (Hindiston) - Alireza Firuzdja (Franciya) 1/2-1/2

Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Yan-Krishtof Duda (Polsha) 1/2-1/2

Sem Sevian (AQSH) - Fabiano Karuana (AQSH) 1/2-1/2

Levon Aronyan (AQSH) - Uesli So (AQSH) 1/2-1/2

Sinquefield Cup 2025. 7-tur juftliklari:

Fabiano Karuana (AQSH) - Levon Aronyan (AQSH)

Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) - Sem Sevian (AQSH)

Uesli So (AQSH) - Gukesh Dommaradju (Hindiston) 

Yan-Krishtof Duda (Polsha) - Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)

Alireza Firuzdja (Franciya) - Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston)


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing