So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

27 avg 09:27
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nihoyat, Nodirbek Abdusattorov ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

AQSHning Sent-Luis shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Turnirning 7-turida hamyurtimiz oq donalarda Uesli So (AQSH, 2751)ni mag'lubiyatga uchratdi. Bu Nodirbekning ushbu turnirdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Abdusattorov bungacha 5 durang va 1 mag'lubiyatga ega bo'lib turgandi. Kechagi g'alabadan keyin u 3,5 ochko bilan 9-pog'onadan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Uchinchi o'rinni egallab turgan Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766) hisobida ham 3,5 ochko bor. 

Ettinchi turda Nodirbekdan tashqari musobaqada peshqadamlik qilayotgan Alireza Firuzja (Franciya, 2751) ham g'alabaga erishdi. Farang grossmeysteri oq donalarda o'ynab, Din Lijen (Xitoy, 2745)ni taslim etdi. U 5 ochko bilan yakka karvonboshi bo'lib turibdi. To'rt ochko bilan 2-o'rinni band etgan turnirning birinchi saralangan shaxmatchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2793) bu turda oq donalarda Gukesh bilan murosaga keldi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Bugun turnirda 8-tur partiyalari o'ynaladi. Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Din Lijen (Xitoy, 2745) bilan hisob-kitob qiladi. Din 3 ochko bilan 8-pog'onadan joy olgan. So'nggi pog'onadagi niderlandiyalik Anish Giri hisobida 2,5 ochko bor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing