So’nggi yangiliklar

15:47Тайсон Фьюри: "Жошуа устидан ғалаба менга ҳеч нарса бермайди" 0 15:26Хабиб Нурмагомедов барча қарзларини тўлади 0 15:05"Манчестер Сити" етакчиси Гваридола кетиши сабаб жамоани тарк этмоқчи 0 14:44Карлос Пратес кейинги жангини Ислам Махачевга қарши камар учун ўтказар экан 0 14:23Тайсон Фьюри кейинги жанги муддатини айтди 0 14:02Умар Кремлёв Жон Жонс учун бокс жанги ташкил қилмоқчи 0 13:41"Борнмут" 127 йиллик тарихида илк марта еврокубокларга чиқди 0 13:20Хабиб Нурмагомедовда яна солиқлар билан боғлиқ муаммолар юзага келди 0 12:59Алиреза Фирузжа: "Синдаров билан ўйин унчалик қониқарли бўлмади" 0 12:38Сергей Фомин босниялик рақиби олдида ожиз қолди 0 12:17"Реал" Моуринью учун "Бенфика"га 3 млн евро товон пули тўлади 0 11:56Усик ва Верхувен пирамидалар фонида нигоҳлар жангини ўтказди + ФОТО 0 11:35Дана Уайт: "Биз жангни Ойда ўтказишга мажбур бўламиз" 0 11:14Камилла Раҳимова ва яна бир теннисчимиз "Ролан Гаррос" асосий тўрида кортга чиқади 0 10:53Гвардиола мавсум якунлари ҳақида фикр билдирди 0

28 avg 09:54
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni bilan durang o'ynadi

AQSHning Sent-Luis shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Turnirning 8-turida hamyurtimiz qora donalarda amaldagi jahon chempioni Din Lijen (Xitoy, 2745)ga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. To'rt ochkoga ega Nodirbek 1 g'alaba, 6 durang va 1 mag'lubiyat bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi pog'onadagi Usli So (AQSH, 2751)da ham 4 ochko bor. 

Etiborlisi, 8-turdagi barcha partiyalarda tomonlar murosaga kelishdi. Musobaqada 5,5 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Alireza Firuzja (Franciya, 2751) bu turda qora donalarda Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2767) bilan durang o'ynadi. 

Bugun musobaqaning so'nggi 9-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda turnirning ikkinchi raqamli ishtirokchisi Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib boradi. G'alaba qozongan taqdirda, musobaqani sovrindorlar safida yakunlashi mumkin. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing