So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

22 avg 07:53
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nodirbek Abdusattorov ishtirok etayotgan turnirda 3-tur ortda qoldi

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri bo'lib o'tmoqda.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Afsuski, turnirning 3-turida hamyurtimiz qora donalarda musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi, jahon reytingida 3-o'rinda borayotgan Fabiano Karuana (AQSH, 2793)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Nodirbek ikkita durangdan so'ng ilk bor yutqazdi. 

Turnir jadvalida peshqadam bo'lib kelgan Alireza Firuzja (Franciya, 2751) oq donalarda o'ynashiga qaramay, Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721)ni mag'lub eta olmadi. Partiya durang bilan yakunlandi. Uchinchi turning qolgan ikkita partiyasida ham tomonlar murosaga kelishdi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Bugun Nodirbek 4-turda qora donalarda francuz Maksim Vashe-Lagravga qarshi bahs olib boradi. Uchinchi turdan so'ng turnir jadvalida qo'shhokimlik yuzaga keldi. FIDE bayrog'i ostida o'ynayotgan Yan Nepomnyashiy va Alireza Firuzja 2 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Olti nafar grossmeyster 1,5 ochkodan jamg'argan. Bir ochkoga ega bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov va niderlandiyalik Anish Giri so'nggi pog'onalardan joy olishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing