So’nggi yangiliklar

16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0

21 avg 10:56
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nodirbek Abdusattorov peshqadam bilan o'ynadi

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri bo'lib o'tmoqda.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Turnirning 2-turida hamyurtimiz oq donalarda peshqadam Alireza Firuzja (Franciya, 2751)ga oq donalarda o'ynab, durangga imzo chekdi. Nodirbek 1-turda qora donalarda Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2749) bilan murosaga kelgandi. Alireza esa 1-turda turnirda hozirgacha yagona bo'lib turgan g'alabaga erishgandi. U qora donalarda harakat qilganiga qaramay, turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi, amerikalik Fabiano Karuanani mag'lub etishni uddalagandi. Ikkinchi turning barcha partiyalarida grossmeysterlar murosa ko'chasini tanlashdi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Ikkinchi turdan so'ng turnir jadvalida Firuzja 1,5 ochko bilan yakka peshqadamligini davom ettirmoqda. Fabiano Karuana 0,5 ochko bilan so'nggi 10-pog'onadan joy olgan. Qolgan barcha grossmeysterlar hisobida 1 tadan ochko bor. Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. Bugun Abdusattorov qora donalarda autsayder Karuanaga qarshi bahs olib boradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing