So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

26 avg 14:56
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nodirbek Abdusattorov qatnashayotgan turnirda 6-partiya o'tkazildi (barcha malumotlar)

SHu kunlarda AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri bo'lib o'tmoqda.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Bir kunlik tanaffusdan so'ng turnirda 6-tur partiyalari o'ynaldi. Hamyurtimiz qora donalarda autsayder Anish Giri (Niderlandiya, 2746)ga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Bugun o'tkaziladigan 7-partiya oldidan Nodirbek 5 durang va 1 mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi. U hamon ushbu musobaqada g'alaba qozona olmayapti.  

Oltinchi turda ham avvalgi turlarda bo'lgani singari bitta g'alaba qayd etildi. Musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan Fabiano Karuana (AQSH, 2793) qora donalarda o'ynashiga qaramay, ikkinchi raqamli shaxmatchi Yan Nepomnyashiy (FIDE, 2767) ustidan g'alabaga erishdi. Turnirda peshqadamlik qilayotgan Alireza Firuzja (Franciya, 2751) esa qora donalarda amerikalik Uesli So bilan murosaga keldi. 

Bugun turnirning 7-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Uesli Soga qarshi bahs olib boradi. Ettinchi tur oldidan hamyurtimiz 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rinni egallab turibdi. Sakkizinchi pog'onadagi Yan hisobida ham 2,5 ochko bor. Aliriza 4 ochko bilan yakka pushqadam. Kuchli uchlikdan joy olgan Karuana va So hisobida 3,5 tadan ochko bor. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing