So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

23 avg 07:43
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nodirbek Abdusattorovda durang va boshqa natijalar

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri davom etmoqda.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Turnirning 4-turida hamyurtimiz qora donalarda Maksim Vashe Lagrav (Franciya, 2721)ga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. To'rtinchi turda bitta g'alaba qayd etildi. Amerikalik Uesli So oq donalarda o'ynab, FIDE bayrog'i ostida harakat qilayotgan Yan Nepomnyashiyni taslim etdi. Musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi, jahon reytingida 3-o'rinda borayotgan Fabiano Karuana (AQSH, 2793) qora donalarda xitoylik Din Lijen bilan murosaga keldi. Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan Alireza Firuzja (Franciya, 2751) qora donalarda hindistonlik Gukesh bilan durang qayd etdi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Bugun Nodirbek 5-turda oq donalarda turnirning uchinchi tartib raqamli shaxmatchisi Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. To'rtinchi turdan so'ng turnir jadvalida qo'shhokimlik yuzaga kelgan. Alireza Firuzja va Uesli So 2,5 ochkodan jamg'arib, peshqadamlik qilishyapti. Olti nafar grossmeyster 2 ochkodan jamg'argan. Bir yarim ochkoga ega bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov va niderlandiyalik Anish Giri so'nggi pog'onalardan joy olishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing