So’nggi yangiliklar

16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0 17:49Арман Царукян навбатдаги жангини Чарльз Оливейрага қарши ўтказади — манба 0

24 avg 07:24
Yangiliklar

SHaxmat

Sinquefield Cup. Nodirbek Abdusattorovda yana durang va boshqa natijalar

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri bo'lib o'tmoqda.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G'olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor. 

Turnirning 5-turida hamyurtimiz oq donalarda Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766)ga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. Nodirbek 4 durang va 1 mag'lubiyatga ega bo'lib turibdi. U hali bu musobaqada g'alaba qozona olmadi. 

Beshinchi turda ham avvalgi turlarda bo'lgani singari bitta g'alaba qayd etildi. Musobaqada peshqadamlik qilayotgan Alireza Firuzja (Franciya, 2751) oq donalarda o'ynab, autsayder Anish Giri (Niderlandiya, 2746)ni taslim etdi. Ushbu g'alabadan keyin Alireza 3,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Amerikalik Uesli So 3 ochko bilan 2-o'rinni band etgan. 

Bugun turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. Nodirbek Abdusattorov ertaga o'tkaziladigan 6-turda qora donalarda turnirda so'nggi o'rinni egallab turgan Anish Giri bilan hisob-kitob qiladi. Giri hisobida 1,5, Nodirbekda esa 2 ochko bor. Oltinchi tur oldidan olti nafar grossmeyster 2,5 ochkodan jamg'argan. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2793), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2767), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2766), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2762), Uesli So (AQSH, 2751), Alireza Firuzja (Franciya, 2751), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2749), Anish Giri (Niderlandiya, 2746), Din Lijen (Xitoy, 2745), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2721).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing