26 okt 16:10
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Sinxron suzish bo'yicha 2024 yilgi Jahon chempionati mezbonlari malum bo'ldi
Sinxron suzish bo'yicha 2024 yilgi jahon chempionati seriyasi to'rtta turnirni o'z ichiga oladi.
Yangi mavsumda qaysi shaharlar ushbu musobaqalarga mezbonlik qilishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, 2024 yilning 5-7 aprel kunlari Xitoy poytaxti bo'lmish Pekin shahrida sinxron suzish bo'yicha jahon kubogining sakkizinchi mavsumi start oladi.
SHundan so'ng, mundialning keyingi bosqichidan o'rin olgan bellashuvlar 3-5 may kunlari Parij shahrida (Franciya), 31 may-2 iyun kunlari Markxam shahrida (Kanada) tashkil etiladi.
Super final musobaqalari esa iyul oyida Budapesht shahrida (Vengriya) o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, sinxron suzish bo'yicha ayollar terma jamoamiz Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida ishtirok etib, 10 ta terma jamoa orasida oltinchi natijani qayd etgan edi.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar