17 apr 14:28
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Sinxronchilarimiz bugun Qozon shahriga yo'l olishadi
Rossiyaning Qozon shahri 19-21 aprel kunlari sinxron suzish bo'yicha Jahon seriyasiga kiruvchi uchinchi bosqich bellashuvlariga mezbonlik qiladi.
			Mazkur turnirda O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi. Musobaqada qatnashadigan delegaciyamiz bugun Qozon shahriga yo'l olishi belgilangan. Turnirda Anastasiya Morozova, Anna Eltisheva va Diana Onkes Elmira Fayzullaeva murabbiyligi ostida texnik duet va erkin chiqish bo'yicha o'z mahoratini namoyish etishadi.
FINA taqvimiga ko'ra, Jahon seriyasi 8 bosqichdan iborat bo'lib, vakillarimiz Qozondan tashqari Tokio (27-29 aprel), Pekin (4-6 may) va Barselona (31 may-2iyun) shaharlarida o'tadigan musobaqalarda ham ishtirok etishni rejalashtirgan.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar