07 jan 15:45
Yangiliklar
Tennis

Sinyakova ham faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi
CHexiyalik tennischi Katerjina Sinyakova Xitoyning SHenchjen shahrida yakuniga etgan turnir g'olibasiga aylandi.
Katerjina hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Elison Riskega qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda chexiyalik tennischi 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Dunyoning 52-raketkasi hisoblangan 20 yoshli Katerjina uchun bu faoliyatidagi ilk sovrin bo'ldi. 26 yoshli Riske esa dunyo reytingida 39-pog'onadan joy olgandi.
Shenzhen Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Sinyakovaga 163,260 AQSH dollari ham 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar