08 dek 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan va Aleksandr Volkov revansh jangi to'liq davom etdi
Og'ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni, franciyalik Siril Gan UFC 310 turniri doirasida oktagonga chiqdi.
UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Sirilga uchinchi o'rindagi rossiyalik Aleksandr Volkov raqib bo'ldi.
3 raund etib belgilangan bellashuv to'liq davom etdi va unda ochkolar hisobiga ko'ra Siril Gan g'alaba qozondi.
Bu sportchilar o'rtasidagi ikkinchi jang edi. Ilk jangda ham Gan ochkolar hisobi bilan Volkovdan ustun kelgandi.
SHunday qilib, Gan prof faoliyatidagi 15-jangida 13-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Volkov 49-jangida 11-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar