So’nggi yangiliklar

13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0

20 apr 16:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Sirochbek Ismoilov yagona mag'lubiyatini SHakur Stivensondan qabul qilib olgan yapon bokschisini taslim etdi! Uch nafar bokschimiz Koreyadagi prof boks oqshomida jang qildi

Kecha Koreya Respublikasining Namyanju shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Oqshom doirasida jami uch nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi.

Jumladan, markaziy jangda 24 yashar andijonlik bokschimiz, WBA Asia kamari sohibi Sirochbek Ismoilov yaponiyalik tajribali SHuichiro Yoshinoga qarshi bahs olib bordi. Engil vazn toifasida tashkil etilgan 12 raundlik jang 11-raundda nihoyasiga etdi. Ismoilov 33 yoshli raqibini texnik nokaut orqali muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi.

Bu Sirochbekning faoliyatidagi o'ninchi jangida qo'lga kiritgan o'ninchi g'alabasi bo'ldi. U g'alabalarining ettitasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. Yoshino (17-2, 13 KO) esa kecha karerasidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U bungacha yagona bo'lib turgan muvaffaqiyatsizligini 2023 yil aprel oyida engil vazn toifasida WBC chempioni SHakur Stivensondan qabul qilgandi.

Turnir doirasida Andijonda tug'ilgan yana bir bokschimiz — Egamberdi Nuriddinov boshqa bir o'zbek bokschisi Jamshid Rihsiev bilan to'qnash keldi. O'rta vazn toifasida o'tkazilgan 10 raundlik jang to'liq davom etib, yakunda Nuriddinov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.

Endi Egamberdi Nuriddinov hisobida 8 ta g'alaba va 1 ta durang mavjud, Rihsievning rekordi esa 14-7-1 ko'rinishida.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing