04 apr 02:21
Yangiliklar
Futbol

“Siti”, “CHelsi” va “Totenxem”da kutilganidek g'alaba
Angliya Premer ligasining 33-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tdi.
Kutilgandek barcha uch o'yinda maydon egalari raqibdan ustun ekanliklarini amalda isbotlashdi. “Manchester Siti” o'z uyida De Bryuyne va Sanening gollaridan keyin “Kardiff”dan uch ochko “ishlab” olishdi.
“Tottenxem” o'zining yangi stadionidagi ilk o'yinda muxlislarni xursand etdi. Son Xin Min va Eriksen “Kristal Pelas” darvozabonini ranjitishdi va londonliklar ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Turning yana bir uchrashuvida “CHelsi” “Brayton”ga hech qanday imkon qoldirmadi. Jiru, Azar va Loftus CHik kiritgan gollar “aristokratlar”ga yirik g'alabani taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar