25 apr 01:44
Yangiliklar

"Siti" derbida g'alaba qozondi va peshqadamlikka qaytdi
Manchester derbisidan o'rin olgan uchrashuvda "Manchester Yunayted" klubi chempionlik uchun kurashayotgan "Manchester Siti" jamoasini qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ushbu muhim g'alabadan so'ng Pep Gvardiola shogirdlari turnir jadvalida yana birinchi o'ringa qaytishdi. Bu bilan "shaharliklar" chempionlik sari katta qadam tashlashdi.
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:2
"Old Trafford"
Gol: Bernardu (54, 0:1), Sane (66)
Manchester Yunayted - De Xea, Darmian (Sanches, 83), Smolling, Lindelof, SHou, Yang, Fred, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsyal, 83), Reshford.
Manchester Siti - Ederson, Uolker, Kompani, Lyaport, Zinchenko, Fernandino (Sane, 51), Gyundogan (Danilo, 89), Silva, Bernardu, Sterling, Aguero (Jezus, 89).
Ogohlantirishlar: Pereyra (24), Zinchenko (26), SHou (89).
Fikrlar