17 avg 04:54
Yangiliklar
![](/upload/storage/3075_220.jpg)
“Siti”dan yirik g'alaba, “Rostov” “Ayaks” maydonida durang o'ynadi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi mehmonda Ruminiya chempioni “Styaua” darvozasiga javobsiz 5ta to'p kiritdi. Serxio Aguero ikki bor belgilangan penaltini aniq amalga oshira olmagani qaramay, uchrashuvda xet-trikka erishdi. Javob o'yini oldidan “shaharliklar” deyarli guruh bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.
Rossiya vice-chempioni “Rostov” ham ilk uchrashuvni safarda o'tkazdi. “Amsterdamm Arena”da Gollandiyaning “Ayaks” klubi mehmoni bo'lgan rostovliklar 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Menxengladbaxning “Borussiya” klubi SHveycariyaning “Yang Boyz”, Daniyaning “Kopengagen”i esa Kiprning APOEL jamoasidan ustun keldi.
Evropa chempionlar ligasi. Kvalifikaciya. Pley-off
“Styaua” (Ruminiya) - “Manchester Siti” (Angliya) - 0:5 (0:2)
Gollar: Silva, 13. Aguero, 42, 79, 88. Doran, 49.
Amalga oshirilmagan penalti: Aguero, 9, 21.
“Manchester Siti”: Kabalero, Kolarov (Klishi, 75), Stouns, Otamendi, Sabaleta (Sanya, 70), Fernandino, Nolito, Silva, De Bryuyne (Fernando, 79), Sterling, Aguero
“Ayaks” (Gollandiya) - “Rostov” (Rossiya) - 1:1 (1:1)
Gollar: Klassen, 38 (penaltidan) - Noboa, 13.
“Ayaks”: Silessen, Feltman, Ridevald, Sanches, Bazur, El Gazi, Traore (Dolberg, 82), Klaassen, Yunes (Kasserra, 68), Gudel, Deyks
“Rostov”: Janaev, Terentev, Novoselcev, Navas, Kudryashov, Kalachev, Gackan, Eroxin (Ezzatolaxi, 67), Noboa, Buxarov (Azmun, 57), Poloz (Bayramyan, 87)
“Kopengagen” (Daniya) - APOEL (Kipr) - 1:0 (1:0)
Gol: Pavlovich, 43.
“Yang Boyz” (SHveycariya) - “Borussiya” M (Germaniya) - 1:3 (0:1)
Gollar: Suleymani, 56 - Raffael, 11, 70. Xan, 67.
“Dinamo” (Xorvatiya) - “Zalcburg” (Avstriya) - 1:1 (0:0)
Gollar: Rog, 76 (penaltidan) - Lazaro, 59.
Javob uchrashuvlari 24 avgust kuni bo'lib o'tadi
Fikrlar
Javob o'yinida Ayaksga omad!!