10 sen 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Sitora Turdibekova ham JCHdagi yurishini yakunladi
Liverpul shahridagi Jahon chempionatida 8-kun bahslari o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning chorak finallari doirasida -60 kg vaznli bokschimiz Sitora Turdibekova qozog'istonlik Viktoriya Grafeevaga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda afsuski Turdibekova 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Sitora bungacha Ukraina va Italiya vakilalarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun shuningdek yana 12 nafar bokschimiz jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar