20 apr 11:27
Yangiliklar
SHaxmat

Sky Chess blic-festival o'tkazyapti
O'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nafisa Mo'minova tomonidan tashkil etilgan Sky Chess shaxmat maktabi musobaqa o'tkazadi.
Ananaviy Sky Chess Open blic-festivali 22 aprel kuni poytaxtimizdagi “Poytaxt” biznes markazida bo'lib o'tadi. Unda yurtimiz shaxmatchilaridan tashqari xorijdan keladigan xalqaro grossmeysterlar ham ishtirok etadi.
Musobaqa shveycarcha tizimda 11 turdan iborat bo'ladi. Turnirning sovrin jamg'armasi 5 000 000 so'mni tashkil qiladi. Hozirgacha musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxmatchilar soni 100 nafardan ortdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar