So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

31 may 12:50
Yangiliklar

SHaxmat

"Sky Chess" maktabi "Home Market Cup" musobaqasini o'tkazdi

Bolalar va ommaviy sportini rivojlantirish maqsadida Sky Chess shaxmat maktabi Home Market kompaniyasi homiyligida 4 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida "Home Market Cup" musobaqasini o'tkazdi.

Toshkentdagi "Wyndham" mehmonxonasida bo'lib o'tgan musobaqada Sky Chess shaxmat maktabining 50 nafardan ortiq o'quvchilari ishtirok etishdi. Takidlash lozimki, saralash bahslarida maktabning jami 150 nafardan ortiq yosh shaxmatchisi ishtirok etgan edi.



Soat 10:00da boshlangan musobaqaning taqdirlash marosimi 17:00da bo'lib o'tdi. Bahslar shiddatli va kurashlarga boy o'tdi. Quvonchli g'alabalar va alamli mag'lubiyatlar kuzatildi. Taqdirlash marosimiga mashhur shaxmatchi Saidali Yuldashev tashrif buyurib bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi. Tashkilotchilar barcha g'olib va sovrindorlarga medallar hamda kuboklarni topshirishdi. Yaqin kelajakda mana shu musobaqada ishtirok etgan o'g'il va qizlar O'zbekiston sharafini jahonda munosib himoya qilishlariga ishonib qolamiz.



Home Market Cup g'oliblari:

O'g'il bolalar o'rtasida
1.Madaminov Muhiddin
2.Suyarov Muhammadzohid
3.Ataxanov Sanjar



Qizlar o'rtasida
1.Bahodirjonova Hadichabonu
2.Yusupova Dono
3.Mansurova Mumtozbegim



10 yoshgacha bolalar o'rtasida
1.Qo'ziev Miraziz
2.Ataxanov Umar
3.Umirzoqov Alisher



10 yosh qizlar o'rtasida
1.Damirova Malika
2.Rashidova Oydinoy
3.Abdumo'minova Go'zal

6 yoshgacha o'rtasida
1.Toshtemirov SHaxzod
2.Karimov Sardor
3.Alimov Artur



Xondamir Muslimov (Home Market bosh direktori):
 "SHaxmat - bolalarga rivojlanish va qo'yilgan maqsadlar sari intilishda yordam beradigan sport turi hisoblanadi. Mashg'ulotlar vaqtida mantiqiy va abstrakt fikrlashni o'stiradi. Home Market ushbu musobaqaga mamnuniyat bilan homiylik qildi".




Nafisa Mo'minova (Sky Chess maktabi rahbari, xalqaro toifadagi grossmeyster):
"Bu musobaqa bolajonlar va ularning ota-onalari uchun o'ziga xos bayramga aylanib ketdi. Maktabimiz tarbiyalanuvchilari o'rtasida sog'lom raqobat yuzaga keldi va biz bundan xursandmiz albatta. Sky Chess 2014 yildan buyon o'z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bungacha turli kichik musobaqalar o'tkazilgan, biroq bunchalik katta ko'lamdagi turnir ilk bor tashkil etildi. Home Market Cup musobaqasiga homiylik qilgan  Home Market kompaniyasi, "Wyndham" mehmonxonasi, "Nesquik" savdo belgisi, "Author Coaching Group"  va "kommersant.uz" saytiga o'zimiz va bolajonlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz".


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing