So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

09 mar 11:02
Yangiliklar

SHaxmat

"Sky Chess" maktabi turnir o'tkazdi, 10 nafar qizga maktabda bepul talim olish imkoniyati berildi

Teglar :  SHaxmatSky Chess
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Sky Chess shaxmat maktabi har yili ananaviy ayollar turnirini o'tkazadi va zukko, bilimdon va iqtidorli xotin-qizlarni taqdirlab keladi.
Bu yil ham Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda «Nilufar» shaxmat turniri o'tkazildi. Unda 50 nafar xotin-qizlar, xususan, Toshkentdagi 21, 22, 23-sonli Mehribonlik uylarining 15 nafar tarbiyalanuvchi qizlari qatnashishdi. Homiy tomonidan 10 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga 1 yil davomida Sky Chess maktabida bepul o'qish imkoni taqdim etildi.

3 bosqichda tashkil etilgan turnirda:
A guruhdan: 
1. Ibragimova Iroda;
2. Baxodirjonova Xadichabonu;
3. Turdimuradova Dilnaz.

B guruhdan:
1. SHafinazoda Umurzoqova;
2. SHaxzoda Baxtiyorova;
3. Dildora Alimova.

G'oliblar homiylarning qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Taqdirlash marosimida mashhur o'zbek tennischisi Iroda To'laganova ham qatnashdi.


Mazkur turnirni o'tkazish hamda O'zbekistonda ayollar o'rtasida shaxmatni keng targ'ib qilish, xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirishga o'z hissasini qo'shgani uchun musobaqa homiysi Artel kompaniyasiga o'z minnatdorligimizni bildiramiz. SHuningdek, turnirda ishtirok etgan xotin-qizlarni ayollar ayyomi bilan muborakbod etib, ularga yuksak marralarni zabt etishni tilab qolamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing