02 noy 18:02
Yangiliklar
Eshkak eshish
Slalomchilarimiz Osiyo chempionatini kumush medallar bilan boshlashdi
Xabar qilganimizdek, kecha Eronning Karaj shahrida slalomda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Musobaqada qitamizning 9 davlatidan yig'ilgan eng sara sportchilar ishtirok etishmoqda.
Bugungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azolari dastlabki g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Kayak yo'nalishida bo'lib o'tgan jamoaviy bahslarda Janibek Temirgaliev, David Ernest, Barkamol Mirzahamdamovlar ikkinchi bo'lib marraga etib bordilar va kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Kanoe yo'nalishida startga chiqqan Sirojiddin Qo'chqorov, Abubakir Bukanov va Ismoilbek Abdumanapovlar ham shijoat va mahoratda o'z jamoadoshlaridan qolishmadilar va yakunda ular ham kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishdi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionati 6 noyabrgacha davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar