14 iyu 11:42
Yangiliklar
Eshkak eshish
Slalomda eshkak eshish. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik Ugam daryosida davom etmoqda
Xabaringiz bor, avgust oyida INdoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musoaqaga slalomda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ham jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar.
Sportchilarimiz ayni paytda Toshkent viloyatidagi «Ugam» daryosida mashg'ulot o'tkazmoqdalar. 9 iyunda boshlangan yig'inda to'rt nafar sportchimiz ishtirok etmoqda. Ular murabbiy Izzatilla Rahmatullaev qo'l ostida Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, slalom bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkent dengizida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotganligi haqida xabar berib o'tgandik.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar